Rasman! "Bunyodkor" OKMK futbolchisini sotib oldi

  • 10 yanvar, 14:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yilgi mavsumda OKMK bilan uch yillik shartnoma imzolagan markaziy himoyachisi Asadbek Rahimjonov endilikda Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi safida o‘z faoliyatini davom ettiradi. OKMK futbolchini "Bunyodkor" klubiga transfer qildi. Bu haqda "konchilar" matbuoti xabar berdi.

Tecno

"Konchilar"ning yosh va istiqbolli himoyachisi o‘tgan mavsumni "Olimpik" safida boshlagan bo‘lsa, mavsumning ikkinchi yarmida "Bunyodkor" klubiga ijaraga o‘tkazilgandi. Asadbek Rahimjonov yangi mavsumdan boshlab rasman "qaldirg‘ochlar" safida to‘p suradi.

OKMK futbol klubi sobiq futbolchimiz Asadbek Rahimjonovga yangi jamoasida muvaffaqiyatli o‘yinlar va ulkan yutuqlar tilaydi", - deya yozdi OKMK matbuoti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!