
Rasman! Blez Matyuidi futbolchilik faoliyatini yakunladi
PSJ,"Yuventus" va Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Blez Matyuidi futbolchilik karerasini yakunlaganini e’lon qildi.
"Futbol, men seni sevaman! Sen menga ko‘p narsa berding.Bosib o‘tgan yo‘limga qarasam, ko‘zimga yosh keladi. Men bu sahifani qiyinchilik bilan, lekin g‘urur bilan eslayman.
Bu yo‘lda men bilan bo‘lgan barchaga rahmat. Do‘stlarim, murabbiylarim va oilamga ham rahmat", - deb yozadi Matyuidi ijtimoiy tarmoqlarda.
35 yoshli yarim himoyachi Frantsiya terma jamoasi tarkibida Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi. U "uch ranglililar" safida 84 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, Matyuidining oxirgi jamoasi "Inter Mayami" edi.
Fikrlar