
Rasman! BATE Shahboz Umarovni Qozog‘iston chempionatiga o‘tganini e’lon qildi
O‘zbekiston terma jamoasi va BATE klubi yarim himoyachi Shahboz Umarov mavsum oxirigacha Qozog‘istonning “Ordabasi” klubi sharafini himoya qiladi. Bu haqida belarus klubi rasimiy sayti xabar berdi.
"Shahbozga Qozog‘iston chempionatida omad tilaymiz", - deyiladi BATE rasiy sahifasida.
Futbolchi yangi jamoada 49-raqam ostida harakat qiladi.
2022 yilgi mavsumda Umarov “sariq-ko‘klar” safida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan. Boisi, legionermiz klub ustozi Aleksandr Mixaylov bilan tortishib qolgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilgi mavsum Umarov Belarus Premer-ligasi doirasidagi 27 o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar