
Rasman! "Barselona" faoliyatini yakunlagan darvozabon bilan shartnoma imzoladi
Polshalik darvozabon Voytsex Shesni “Barselona” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, 34 yoshli darvozabon Kataloniya klubi bilan 2025 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yoz Voytsex Shesni faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. Biroq "Barselona"ning qiziqishi tufayli futbolga qaytdi. Uning oldingi jamoasi Italiyaning "Yuventus" klubi bo‘lib, u turinliklar safida 2017 yildan buyon o‘ynab kelayotgan edi. Bundan tashqari, darvozabon faoliyati davomida Italiyaning "Roma", Angliyaning "Brentford" va "Arsenal" klublarida harakat qilgan. “Yuventus” bilan uch karra Italiya chempioni (2017/2018, 2018/2019, 2019/2020) bo‘lgan.
Fikrlar