
Rasman! APLning navbatdagi tur o‘yinlari qirolicha vafoti sabab qoldirildi (foto)
APL rasmiy sayti bu hafta bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan tur o‘yinlari qoldirilishini ma’lum qildi. Berilgan xabarda shunday deyiladi:
- Bugun ertalab bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Premer-liga klublari Qirolicha Elizaveta II ga hurmat bajo keltirishdi.
Uning g‘ayrioddiy hayoti va xalqqa qo‘shgan hissasini sharaflash va hurmat belgisi sifatida ushbu hafta oxiri APL o‘yinlari, shu jumladan, dushanba oqshomidagi o‘yin ham qoldiriladi.
Richard Masters, Premer-liga ijrochi direktori shunday dedi: “Biz va klublarimiz oliy hazratlarining mamlakatimiz oldidagi uzoq va tinimsiz xizmatiga hurmat bajo keltirmoqchimiz.
Bizning eng uzoq vaqt xizmat qilgan monarximiz sifatida u ilhom manbai bo‘ldi va fidoyi hayotdan keyin ajoyib meros qoldirdi.
Bu nafaqat xalq uchun, balki butun dunyo bo‘ylab uni hayratda qoldirgan millionlab odamlar uchun juda qayg‘uli vaqt va biz uning o‘limiga motam tutayotganlar bilan birgamiz".
Motam davridagi APL o‘yinlariga oid qo‘shimcha ma’lumotlar keyinchalik batafsil e’lon qilinadi.
Fikrlar