
Rasman! Alba ham "Barsa"ni tark etadi
"Barselona"ni yana bir futbolchi tark etyapti. Jerrard Romeroning xabar berishicha, Xordi Alba yozda jamoadan erkin agent sifatida ketadi.
Avvalroq, Buskets ham klubni tark etishi haqida xabar bergandi. Alba "Barsa"ga 2012 yili "Valensiya"dan 14 million evro evaziga ko‘chib o‘tgandi. U Kataloniyadagi 12 yillik faoliyati davomida Chempionlar ligasi, La Liga, UEFA Cuperkubogi kabi yirik sovrinlarni yutishga muvaffaq bo‘ldi.
Xordi so‘nggi paytlar ikkinchi raqamli futbolchiga aylanib qolgandi. Baldening porlashi oqibatida 34 yoshli himoyachi ushbu mavsum 29 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar