
Rasman! Afsonalar o‘rtasida "El-klasiko" Osiyoda bo‘lib o‘tadi
Yaponiyada "Real Madrid" va "Barselona" afsonalari o‘rtasida "El-klasiko" o‘tkaziladi. Mazkur o‘rtoqlik o‘yini Andres Inesta futbolchilik faoliyatini yakunlagani munosabati bilan 15-dekabr Tokioda bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilar tomonidan maxsus sayt yaratildi. Unda o‘yin uchun chiptalar sotib olish mumkin va "el-klasiko"da ishtirok etuvchi futbolchilarni ko‘rish mumkin.
Maydonga Inesta, Xavi, Maskerano, Rivaldo, Saviola, Jyuli, Rafa Markes, Boyan Krkich, Adriano, Roberto Karlos, Figo, Kasilyas, Makmanaman, Savio, Ivan Kampo, Julio Bapista va boshqa sobiq futbolchilar tushishlari kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, so‘ngi o‘rtoqlik o‘yini 2021 yilda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda "qirollik klubi" afsonalari kataloniyaliklarni 2:1 hisobida mag‘lub etishgan edi.
Fikrlar