Rasman! 2032 yilgi Evropa chempionati Italiya va Turkiyada bo‘lib o‘tadi

  • 10 oktabr, 2023, 19:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA 2032 yilda Evropa chempionatiga Italiya va Turkiya mezbonlik qilishini ma’lum qildi. Bu qaror UEFA ijroiya qo‘mitasining bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilindi.

Tecno

Qayd etilishicha, italiyaliklar va turklar qo‘shma arizada Evro-2032 o‘yinlari uchun 20 ta potentsial stadionni taqdim etgan. 2026 yilning oktyabriga qadar mezbonlik qiluvchi 10 ta arena tanlab olinadi - har bir mamlakatdan beshtadan.

Eslatib o‘tamiz, Evro-2024 Germaniyada, Evro-2028 Buyuk Britaniya va Irlandiyada bo‘lib o‘tadi.

Amaldagi Evropa chempioni Italiya terma jamoasi hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!