
Raqib ustozi Kloppdan tezroq ketishni so‘radi
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida “Vest Xem” o‘z maydonidagi uchrashuvda “Liverpul”da bir ochko tortib oldi.
Qayd etilgan 2:2 hisobida liverpulliklarning chempionlik uchun kurashish imkoniyatini pasaytirib yubordi.
O‘yindan keyin “Vest Xem” bosh murabbiyi Devid Moyes hamkasbi Yurgen Klopp haqida hazilomuz fikr bildirdi.
- Yurgen Klopp ketsa, rosa xursand bo‘laman. U juda kuchli murabbiy va ko‘pincha “tishini oqini” ko‘rsatib yuradi. Bu mutaxassis “Liverpul” tarixida juda katta rol o‘ynadi. Juda katta klubni o‘z nazoratida ushlay oldi. Bu erdan tezroq ket, Yurgen!, - dedi Devid Moyes.
Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp “qizillarni” 2015 yildan beri boshqarib kelmoqda. Germaniyalik mutaxassis joriy mavsum tugashi bilan jamoani tark etishini bildirgan.
Fikrlar