Raqib Mourinoni chaqirdi

  • 6 aprel, 2023, 08:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinoga yana grand klublardan taklif chiqmoqda. Yaqinda “Chelsi” portugaliyalik mutaxassisni uchinchi bor jamoani boshqarishga chorlayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Tecno

Endi “Inter” rahbariyati bir paytlar jamoani katta g‘alabalar sari etaklagan murabbiyni yana ishga olmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, milanliklar ishdan bo‘shatilishga yaqin turgan hozirgi bosh murabbiy Simone Indzagi o‘rniga munosib murabbiy qidirmoqda.

Joze Mourino 2008-2010 yillar davomida “Inter”ni boshqargan va jamoa bilan ikki marotaba Italiya chempioni, mamlakat kubogi sohibi va Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

“Inter” ro‘yxatiga Joze Mourinodan tashqari yaqinda “Tottenxem”dan iste’foga chiqarilgan Antonio Konte ham kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!