Raqib darvozasiga javobsiz 10 ta gol urgan va mag‘lub bo‘lgan terma jamoa mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

  • 16 noyabr, 2021, 02:37
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"JCh-2022" saralashi Evropa mintaqasidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga etdi. 

San-Marino maydoniga safar uyushtirgan inglizlar raqibga hech qanday imkoniyat qolirmay, 10:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shunday qilib, Sautgeyt shogirdlari  jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Ushbu uchrashuvda Keyn xet-trik qayd etdi. Bundan tashqari, Maguayr, Smit-Rou, Mingz, Abraxam va Saka ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Qayd etish joiz, San-Marino a’zosi Fabri bir golda inglizlarga qarashib yubordi. 



Shuningdek, Daniya hamda Shotlandiya uchrashuvi ham yakuniga etdi va unda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 35-daqiqada Suttar hisobni ochgan bo‘lsa, 86-daqiqada Adams oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 

Mundial yo‘llanmasini 27 ochkoga ega Daniya allaqachon naqd qilgandi. Bu turdagi g‘alaba evaziga shotlandlar ochkolari sonini 23 taga etkazib olib, jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shavkat Pardaev
17/11/2021 20:35
Чемпионат Мира. Квалификация. Европа. 1-ый раунд. Группа I 10-тур

16/11/2021, 00:45 Бу нашр ўзбекча шекилли, ё корректор русми?
Shavkat Pardaev
17/11/2021 20:32
Чемпионат Мира. Квалификация. Европа. 1-ый раунд. Группа I 10-тур

16/11/2021, 00:45 Бу нашр ўзбекча шекилли, ё корректор русми?