
Rangnik "Manchester Yunayted"ga psixolog olib keldi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoani rivojlantirishga harakat qilmoqda. U futbolchilar ruhiy holatini yaxshilash maqsadida "Shalke" va "Leyptsig" klublarida birga ishlagan hamkasbi Sascha Lensni psixolog sifatida ishga oldi. Bu haqda u shunday dedi:
"Klub ishchilari orasida psixolog bo‘lishi men uchun muhim. So‘nggi yillarda juda ko‘p nemis klublari shunday ekspertlarni ishga oldi. Ular shunchaki futbolchilar bilan suhbatlashish emas, balki ularga miya tanaga qanday yordam berishi kerakligini bilishlari uchun yordam beradi. Sasha shunchaki nazariya bilan shug‘ullanmaydi. U mashg‘ulot jarayonining bir qismidir".
Shuningdek, Rangnik Kris Armasni ham jamoaga yordamchi murabbiy sifatida kelganini tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, 63 yoshli mutaxassis "qizil iblislar"ni mavsum so‘ngiga qadar boshqaradi. Uning o‘zi esa, MYu bosh murabbiyi sifatida uzoqroq vaqt davomida qolish istagi haqida ma’lum qilgandi.
Fikrlar