Rangnik, bu senga Germaniya emas

  • 22 fevral, 2022, 10:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 26-turidan o‘rin olgan “Lids“ - MYu uchrashuvida qiziq voqea sodir bo‘ldi. O‘yin mobaynida mehmonlar bosh murabbiyi Ralf Rangnik bosh hakam Pol Tirniga bir necha marta e’tirozlar bildirdi va bunga angliyalik hakam ham munosib javob berdi.

Tecno

“Men hakamga o‘yindan so‘ng “Lids“ning ikkinchi goli borasida norozi ekanimni aytdim. Unga “Germaniyada buni hatto VAR ham ko‘rib chiqmasdi, u erda qoida buzilgani aniq edi“, - dedim. 

Shunda Pol menga qarab “oshna, bu er Germaniya emas, bu joylar Angliya deb ataladi. Sen futbol haqida ko‘proq o‘rganish uchun APLga kelgansan“, - deb aytdi, - dedi germaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!