
Raneri o‘yinda burilish yasagan Shomurodov haqida nimalar dedi?
Italiya A Seriyasining 31-turi Sardiniya aholisini xursand qildi. Yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgan “Kalyari” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishga urinayotgan “Atalanta”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Kuchl raqib – “Atalanta”ning katta ustunligini Eldor Shomurodov yo‘qqa chiqardi. Legionerimiz birinchi bo‘lim oxiralarida raqib himoyachilarini dog‘da qoldirib, Tommazo Aujelloga superpas oshirdi. Hisobni tenglashtirib olgan “Kalyari” futbolchilari ustunlikni to‘liq o‘z tomoniga og‘dirib, mag‘lubiyatni 2:1 hisobidagi g‘alabaga aylantirdi.
“Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘yin borasidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
G‘alabaning ahamiyati haqida
Muhim uch ochko qo‘lga kiritildi. Birinchi davrada 15 ochko jamg‘argandik. Hozir ham hali chempionat yakunlanmay turib, yana shuncha ochko to‘pladik. Yigitlar ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi. Buyuk jamoani engdik. Endi keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Xuddi mana shunday kurashishimiz kerak.
Jamoa haqida
Ajoyib o‘yinchilardan tarkib topgan jamoam bor. Ular bir biriga yordam beradi, oxirigacha kurashadi, ishiga sodiq. Jamoada gol uchun yaxshi pas oshiradigan o‘yinchilar bor. Endi “Inter” bilan bo‘ladigan o‘yin haqida bosh qotiramiz.
Kurashish haqida
Men yigitlardan har doim oxirigacha kurashishni talab qilaman. Oddiy vaziyatlar natijani u yoki bu tomonga hal qiladi. Bugungi g‘alaba – futbolchilarning kuchli irodasi va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi natijasidir.
Shomurodov haqida
Eldor Shomurodov yana bir bor zo‘r o‘ynadi. Lapadula mashg‘ulotlarda ko‘ngildagidek harakat qila olmadi va shuning uchun uni bu gal maydonga tushirmadim. Menga bir biriga yordam beradigan o‘yinchilar kerak. Shomurodov chaqqon, tez yugura oladigan futbolchi. Bugun shogirdlarimning barchasiga balli!
Maqsad haqida
Biz xavfli hududdan chiqib keta oldik. Bu o‘zimizga bog‘liq ekanini shogirdlarimga aytgan edim. Biz mamnunmiz, jamoami zo‘r, chunki hech kim kurashdan qochmaydi. Lekin boshqa jamoalar ham kurash olib borayotganini yaxshi bilamiz. Hali kurash oldinda, raqobat to‘xtagani yo‘q.
“Kalyari” futbolchilari navbatdagi uchrashuvni 14 aprel kuni A Seriya peshqadami “INter”ga qarshi raqib maydonida o‘tkazadi.
Shomurodovning bir o‘zi raqib himoyasini titratdi. Legionerimiz o‘yini qanday baholandi?
Gol urgan Yaxshiboev jamoasini chempionlik kurashiga qaytardi, o‘zi esa...
Gol urgan Fayzullaevning o‘yini qanday baholandi? Abbos uchrashuvdan keyin nimalar dedi?
Fayzullaev supergol urib, yubiley g‘alabani ta’minladi
Shomurodov boshqa darajadagi futbolchi. Eldorga yuqori baho berishdi!
Legionerimiz “sir”ni ochmadiO‘zbekiston hali hech kimga nasib qilmagan ishni uddalashi kerak
Shomurodovga imkon berilmayapti
Hasanboy Do‘smatov “dahshatli” reytingda birinchi!
Madrimovni mashhur bokschi ringga chaqiryapti. U Isroilning chempionlik kamariga ko‘z tikdi
Fikrlar