
Ramzan Kadirov koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin
Grozniyning "Axmat" klubi va Checheniston rahbari Ramzan Kadirov koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Baza nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Kadirov shaxsiy samalyotida Moskvadagi eng yaxshi klinikalardan biriga olib kelingan. Lekin hozircha unda Covid-19 ga chalingani o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q.
Bir necha kun oldin siyosatchi sog‘ligidan shikoyat qila boshlagan. Keyinroq uning ahvoli birdan yomonlashgan va shifokorlar unga Moskvadagi kasalxonaga borishni tavsiya qilishgan.
Ayni damgacha Rossiya federatsiyasida koronavirus bilan bog‘liq 317 554 ta holat qayd etildi. Bemorlarning 92 681 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 3 099 nafari vafot etdi.
Fikrlar