Ramos va Azar Zidanni 1-o‘ringa qo‘ydi, Beyl esa kuchli uchlikka ham kiritmadi

  • 18 dekabr, 2020, 11:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” futbolchilari FIFA talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi murabbiyini aniqlashda kimlarga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Marca nashrining xabar berishicha, jamoa sardori Serxio Ramos va yarim himoyachi Eden Azar Zinedin Zidanni birinchi o‘ringa qo‘ygan. Luka Modrich esa, birinchi o‘ringa Xans-Diter Flikni («Bavariya») qo‘ygan va Zidanni ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rgan.

Mavsumni “Tottenxem”da ijarada o‘tkazayotgan “Real”ning uelslik vingeri Garet Beyl Zidanni hatto kuchli uchlikka ham kiritmagan. U birinchi o‘ringa “Bavariya” ustozi Xans-Diter Flikni qo‘ygan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga Yurgen Klopp («Liverpul») va Xulen Lopetegini («Sevilya») belgilagan.

Ta’kidlash kerakki, ovoz berish yakunlariga ko‘ra yilning eng yaxshi murabbiyi, deb bir xil ovoz to‘plagan Flik va Klopp topildi. Zidan hatto kuchli uchlikka ham kirmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!