
Ramos "Sevilya" bilan kelisha olmayapti
"Sevilya" klubi markaziy himoyachisi Serxio Ramos mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. "Todofichajes" nashrining xabar berishicha, 38 yoshli futbolchi klub rahbarlari bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayapti.
Agar tomonlar murosa topa olmasa, Serxio jamoani erkin agent sifatida tark etadi. Ramosda faoliyatini MLSda davom ettirish imkoniyatlari bor. Ispaniyalik futbolchining xizamtlariga "Inter Mayami" va "Los-Anjeles Gelaksi" qiziqish bildirmoqda.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Ramos 22 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi. Bundan tashqari 6 ta sariq kartochka oldi va bir marta maydondan chetlatildi.
Fikrlar