
Rahbariyat Messining “Inter Mayami”dan ketishiga munosabat bildirdi
MLS rahbari Don Garber Lionel Messi vaqti kelib, “Inter Mayami”ni tark etishi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ma’lumki, Lionel Messi o‘tgan yozda “Inter Mayami” bilan 2025 yilgacha davom etadigan shartnoma imzolagan edi.
- Birinchidan, Messi ligada 2025 yildan keyin ham qolishiga umid qilaman. Shunday ekan, ko‘rsatilgan sana chegara bo‘lolmaydi.
Biz 2027 yilga borib, o‘zimiz rejalashtirgan ligani rivojlantirib bo‘lishimiz kerak. Buning uchun nimalar qilish kerakligini o‘ylash uchun etarlicha vaqtimiz bor. O‘zgarishlar qanday natija berishiga qarab, harakatimizni qilamiz, - dedi Don Garber.
Fikrlar