
Rafinya: "Eng muhimi jamoamizning g‘alabasi. Qolgani ikkinchi darajali"
"Barselona" vingeri Rafinya Chempionlar ligasida "Bavariya" ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bugungi o‘yindan xursand bo‘lishimiz mumkin. O‘yin va jamoamizning faol harakatlari bu men uchun eng muhimi. Chempionlar ligasidagi ikkinchi g‘alaba. Endi shanba kungi navbatdagi o‘yin haqida o‘ylayapmiz.
Kecha bu o‘yin Chempionlar ligasi finali bo‘lishi mumkinligini aytgandim. Muxlislarimiz oldida shunday g‘alaba qozonish o‘zgacha kayfiyat bahsh etadi. Mening ta’riflashga ortiqcha so‘zlarim yo‘q. Biz maydonda nima qilayotganimiz bilan har qanday savolga javob bera olamiz.
- Ushbu o‘yindagi eng yaxshi golingiz qaysi?
– Uchalasini ham tanlardim. Yoki to‘rttasini ham. Levandovskining goli ham juda muhim edi.
- Bo‘lajak klasiko haqida qanday fikrdasiz?
- Bu dunyodagi eng yaxshi o‘yinlardan biri. Kecha va bugun sodir bo‘lgan voqealar aynan shundan ekanligidan daraka bermoqda.
Fikrlar