
Rafael Nadal "Oltin to‘p" uchun kurashda qaysi futbolchini qo‘llab-quvvatlashini aytdi
"Katta dubulg‘a" turnirlarining 20 karra chempioni hisoblangan ispaniyalik mashhur tennischi Rafael Nadal "Oltin to‘p" uchun kurashda "Real" hujumchisi Karim Benzemani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
“Men Benzemani futbolchi sifatida, uning yoshida sportga sodiqligi va professionalligiga qoyil qolaman.
Benzemaga omad tilayman va "Oltin to‘p-2021" uchun kurashda uni qo‘llab-quvvatlayman”, - deb yozdi Nadal o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Nadal “Real” Madrid muxlisi hisoblanadi. "Oltin to‘p" mukofotini tantanali topshirish marosimi joriy yilning 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar