Rabo uchun kurashga yana bir grand klub qo‘shildi

  • 23 may, 2019, 12:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" klubi PSJ xavbeki Adrian Rabo uchun navbatdagi da’vogarga aylandi.  AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” bu borada "Manchester Yunayted" va "Yuventus" kabi jamoalar bilan raqobatlashishga tayyor.

Tecno

"Atletiko" rahbariyati 24 yoshli frantsuz futbolchisini mavsumlar oralig‘ida jamoani tark etishi va "Manchester Siti"ga o‘tishi aytilayotgan Rodri Ernandesga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Eslatib o‘tamiz, Raboning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u yangi jamoasiga erkin agent sifatida bori qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!