Qudratillo Abduqahhorovning raqibi aniq bo‘ldi. U Migel Kotto vatandoshi...

  • 29 yanvar, 2021, 10:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksda mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirayotgan Qudratillo Abduqahhorov  ayni vaqtda AQShda mashg‘ulotlar olib bormoqda. U yaqindagina «Top Rank» promouterlik kompaniyasi bilan shartnomani bekor qilib, yangi “Sampson boxing” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikni boshlagan edi. Ushbu kompaniya rahbari Sampson Levkovich tez orada Abduqahhorovga jiddiy janglar tashkil qilib berishini aytgandi. Bu borada dastlabki qadam tashlandi. Ya’ni, hamyurtimiz uchun jang tashkil qilinadi.

Tecno

Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, 13 mart kuni yurtdoshimiz puerto-rikalik Xaver Flores (15-2,13 KO) bilan 10 raundlik reyting jangida ringga ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, Abduqahhorov faoliyati mobaynida 17 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 9 bora raqiblarini nokautga uchrata olgandi. Shuningdek, u IBF reytingi etakchisi va ushbu chempionlik kamariga da’vogar hisoblanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!