
Qozog‘istonlik chempion Serik Temirjonovni Mirzaxalilovdan uchragan mag‘lubiyatiga qanday izoh berdi?
3-11 mart kunlari Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha litsenzion turnir bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki, unda erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni olgandi. Qozog‘iston matbuotida bu borada turli xil fikrlar bildirilmoqda.
Jumladan, sports.kz sayti qozog‘istonlik professional bokschi, sobiq IBA chempioni Marat Mazimbaev bilan suhbat uyushtirdi. Tabiiyki, o‘zbekistonlik bokschilar haqida ham gap ketgan. Jumladan, Serik Temirjanov jangi borasida yo‘llangan savolga sobiq chempion quyidagi tarzda javob qaytargan.
“U mazkur turnir avvalida Qozog‘istonning o‘zida ham yaxshi tanilmagan edi. Temirjonov Aktau shahrida bo‘lib o‘tgan ichki musobaqada barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Lekin boksda ham ko‘p narsa omadga bog‘liq. Amman shahridagi dastlabki ikki raqibi nisbatan engilroq edi va ular ustidan g‘alaba qozondi. Yarim finalda esa o‘zbekistonlik jahon chempion (Mirazizbek Mirzaxalilov)ga qarshi ringga chiqdi. Serik birinchi raundda g‘alaba qozondi, ammo ikkinchi va uchinchi raundlarda yutqazdi. Menimcha, uning jismoniy holati va tajribasi etarli emas edi. Unga yirik turnirlarda ko‘proq janglar kerak”,- dedi Mazimbaev.
Manba: Sports.kz
Fikrlar