Qozog‘istondagi xalqaro turnirda g‘olib bo‘lgan andijonlik yosh futbolchilar tantanali kutib olindi (FOTO)

  • 30 mart, 2019, 21:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Avval xabar berganimizdek qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida 2005 yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida “NAVRUZ CUP-2019” xalqaro musobaqasida  Shohruh Ishanov va Lochinbek Guldanov boshchiligidagi Andijon viloyati bolalar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan iborat "Andijon AFA "SGS" ShirinGaz" jamoasi barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa g‘olibiga aylangan edi. 
 
Bugun g‘olib futbolchilar va murabbiylar Andijonda tantanali kutib olindi. Tadbirda viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Begzodbek Karimov ishtirok etdi va yosh iqtidor egalarini g‘alaba bilan tabrikladi. So‘ngra chempionlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ta’kidlash kerakki, musobaqa davomida o‘zining yorqin o‘yinlari bilan muxlis va mutaxassislarda katta taassurot qoldirgan Andijon futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari Azizbek Usmonov "Eng yaxshi hujumchi", Asilbek Tojidinov esa "Eng yaxshi darvozabon" sifatida e’tirof etildi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!