
Qozog‘iston - O‘zbekiston uchrashuviga oid ma’lumot
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 14-15 dekabr kunlari qo‘shni Qozog‘iston poytaxti Nur-sulton shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi jamoamiz yig‘in doirasida mezbonlarga qarshi 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ikkala o‘yin ham "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bugun dastlabki o‘rtoqli bahsi o‘tkaziladi. Unda futxalchilarimiz to‘liq oq rangda maydonga tushadi. Darvozabon esa qora formada harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil Litvada bo‘lib o‘tgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1/8 finalgacha etib borgan bo‘lsa, Qozog‘iston terma jamoasi 4-o‘rinni egallagan edi.
Fikrlar