"Qo‘qon-1912"ning murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi

  • 17 yanvar, 2022, 13:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” jamoasining murabbiylar shtabida o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Tecno

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, bir necha yillar “shunqorlar” darvozasini qo‘riqlagan va keyinchalik darvozabonlar murabbiyi bo‘lib ishlab kelgan Andrey Baklanov jamoa bilan do‘stona xayrlashdi. Andrey Borisovichga Yaypanning “Turon” jamoasidan taklif bo‘lgani uchun ushbu klubda ish boshladi.

“Qo‘qon-1912” murabbiylar shtabiga darvozabonlar murabbiyi Xislat Chilmatov hamda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Islomjon Musulmonovlar qo‘shilishdi. 

kukon_11

Xislat Chilmatov avval ham ushbu klubda biroz muddat ishlagan va bu murabbiy muxlislarga yaxshi tanish. Islomjon Musulmonov esa “Turon” jamoasining Superligaga chiqishida o‘zining katta hissasini qo‘sha olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!