
"Qo‘qon-1912"ni jiddiy imtihon kutyapti!
Coca Cola Superligasi 6-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Nasaf” uchrashuvi 2 may kuni Yaypan shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.
O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 26 marta to‘qnash kelishgan.
“Nasaf” o‘yinlarning 17 tasida zafar quchgan, 5 ta bahsda “Qo‘qon-1912”ning qo‘li baland kelgan. To‘rtta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati – 48-26, “Nasaf” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Ajdardar” 55 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 19 tani tashkil etadi.
Qo‘qonda o‘tkazgan so‘nggi olti uchrashuv natijalari bilan tanishing
28.06.2021."Qo‘qon-1912" - "Nasaf" - 1:2
14.07.2020. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 2:2
27.08.2019. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 1:0
13.09.2018. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 1:1
21.04.2018. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 0:0
04.03.2017. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 1:2
“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvi 2 may dushanba kuni, soat 18:30 da boshlanadi.
“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.
Fikrlar