"Qo‘qon-1912"ga qaytgan tajribali himoyachi "Qizilqum"dan nega ketgani, jamoadagi maqsadi haqida gapirdi!

  • 2 iyul, 2023, 16:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun "Qo‘qon-1912" jamoasi tajribali himoyachi Avazxon Mamatxo‘jaev bilan shartnoma imzoladi. Klub safiga qaytgan Avazxon "Qo‘qon-1912" jamoasining matbuot xizmatiga qaytishi haqida qisqacha intervyu berdi.

Tecno

"Yil boshida “Qizilqum”dan taklif tushdi. Dastlabki turlarda barchasi joyida edi, men asosiy tarkibda maydonga tushayotgan edim. Biroq “Buxoro”ga qarshi uchrashuvda jarohat oldim va deyarli birinchi davraning qolgan qismida jarohatni davolash bilan o‘tkazdim.

Bu futbol. Jarohat esa futbolning bir qismi. Birinchi davra yakunida “Qo‘qon-1912” jamoasidan taklif bo‘ldi. Men esa o‘ylab o‘tirmasdan jonajon klubimga qaytishga qaror qildim.

Maqsadim - “Qo‘qon-1912” jamoasida yaxshi harakat qilib, jamoani Superliga olib chiqishga yordam berish", - dedi tarjibali himoyachi.

avazz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!