
"Qo‘qon-1912" yig‘iniga yangi futbolchi qo‘shildi
Baxtiyor Ashurmatov shogirdlarining Toshkentdagi yig‘ini davom etmoqda. Noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan murabbiylar shtabi mashg‘ulotlarni qat’iy grafik bo‘yicha kuniga ikki mahaldan olib boryapti. Murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatlarini mavsum boshlanishiga qadar maksimal formaga olib kelish uchun bor mahoratlarini ishga solmoqda.
Selektsiya ishlari ham davom ettirilayotganini alohida ta’kidlash lozim. Shu kunlarda jamoa mashg‘ulotlariga o‘tgan mavsumni Termizning "Surxon" jamoasida o‘tkazgan, asli Farg‘ona futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Islomjon Toshpo‘latov qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
1997 yilda tug‘ilgan Islomjon Toshpo‘latov futbolchilik faoliyatini "Qo‘qon-1912" jamoasining o‘rinbosarlar tarkibida boshlagan. Keyinchalik "Neftchi" hamda "Surxon" klublarida to‘p tepdi.
Fikrlar