
“Qo‘qon-1912” va “Bunyodkor” shu paytga qadar chempionat doirasida 15 marta to‘qnash kelgan (statistika)
Superliga 25-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvi 7 noyabr kuni Yaypan shahridagi “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuv oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlariga doir statistik ma’lumotlarni bilan tanishtirib o‘tamiz.
O‘zaro o‘yinlar.
Ushbu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 15 marta to‘qnash kelgan.
O‘zaro uchrashuvlarning 4 tasida qo‘qonliklar g‘alaba qozongan. “Bunyodkor” o‘yinlarning 9 tasida zafar quchgan. Ikkitta bahsda durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati – 26:15, “Bunyodkor” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “qaldirg‘ochlar” 29 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 14 tani tashkil etadi.
Manba: "Qo‘qon-1912" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar