
"Qo‘qon-1912" o‘rtoqlik o‘yinida g‘alabaga erishdi
Yangi mavsum uchun klublarimiz tayyorgarlik jarayonlarini olib boryaptilar. Shuningdek, nazorat uchrashuvlari ham tashkil qilinmoqda.
Jumladan, "Qo‘qon-1912" jamoasi Toshkentdagi yig‘inning ilk nazorat uchrashuvida "Xorazm"ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvda ustunlikka erishgan qo‘qonliklar 2:0 hisobida raqibini mag‘lub etdi.
Klub matbuot xizmati gollarga Shahzod Beshimov bilan ko‘rikdagi futbolchi mualliflik qilgani haqida yozgan.
"Qo‘qon-1912" safida birinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Azizxon Isaqov, Asliddin Toshtemirov, Zafar Hakimov, Shahzod Akramov, Alisher Hayrullaev, Alisher Salimov, Bekjon Jo‘raboev, Jasur Xolto‘raev, Husniddin G‘ofurov, Muhammadanas Hasanov, Shahzod Beshimov.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Rustam Nortojiev, Zafar Akramov, Aleksandr Merzlyakov, Iqboljon Malikjonov, Javohir Husanov, Ibrohim Muxtorov, Bahrom Abdurahimov, 4 nafar ko‘rikdagi futbolchilar.
Fikrlar