
"Qo‘qon-1912" nazorat bahsida "Lokomotiv"ga yutqazib qo‘ydi
Superliga jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlikni qizg‘in davom ettirishmoqda. Bu borada bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham maydonga tushishmoqda.
Bugun “Qo‘qon-1912” va “Lokomotiv” jamoalari o‘zaro nazorat bahsi o‘tkazdi. Qiziqarli kechgan o‘yin 2:1 hisobida “temiryo‘lchilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Nazorat o‘yini
"Qo‘qon-1912" - "Lokomotiv" 1:2
Gol: Murod Xolmuhammedov (58 pen) - Sherzod Fayziev (34), Kaxi Mazaradze (60 pen)
Fikrlar