"Qo‘qon-1912" navbatdagi o‘yinga Toshkentda tayyorgarlik ko‘ryapti

  • 23 mart, 2022, 07:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasida FIFA kunlari tufayli qisqa tanaffus yuzaga keldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 25 va 29 mart kunlari Namangan shahrida tashkil etiladigan “Navro‘z Kubogi” halqaro turnirida ishtirok etadi.

Tecno

Chempionatda yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” jamoasi Toshkent shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Futbolchilarimiz kuni kecha Toshkentda to‘planishdi hamda mashg‘ulotlarni boshlab yuborishdi.

Bugundan “shunqorlar”ning mashg‘ulotlari kuniga ikki mahaldan bo‘lib o‘tadi. Hozirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga chaqirilgan Javohir Sidiqov ishtirok etmayapti. Qolgan barcha jamoa a’zolari tayyorgarlik jarayonida astoydil ter to‘kishmoqda. Murabbiylarning rejalariga ko‘ra Toshkent yig‘ini 26 martga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan.

“Qo‘qon-1912” jamoasi  Coca Cola Superligasidagi navbatdagi 4-tur uchrashuvini  Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. “Qo‘qon-1912” – “Metallurg” bahsi 31 mart kuni, soat 18:30da, Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!