
"Qo‘qon-1912" muhim bahsga Toshkentda tayyorgarlik ko‘rmoqda, etakchi o‘yinchisi tarkibga qaytdi
O‘zbekiston Coca Cola Kubogining guruh bosqich o‘yinlarini eng yaxshi ko‘rsatkich bilan yakunlagan “Qo‘qon-1912” jamoasi a’zolari navbatdagi o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.
“Shunqorlar” endi Superliga 5-tur uchrashuvida Olmaliqning AGMK jamoasiga qarshi safarda to‘p suradilar. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa a’zolari bugun Toshkent shahrida yig‘ilib mazkur o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.
“Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda barcha futbolchilari ishtirok etishdi. Quvonarlisi jamoa sardori Murod Xolmuhammedov ham bugundan mashg‘ulotlarga qaytdi. Futbolchilarimiz 27 aprelga qadar Toshkent shahrida navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘radilar.
Coca Cola Superligasining 5-turidan o‘rin olgan AGMK-“Qo‘qon-1912” uchrashuvi, 27 aprel kuni Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.
Fikrlar