"Qo‘qon-1912" klubi prezidenti "Nasaf"ga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin: "Jamoamiz ko‘rsatgan o‘yin bilan faxrlanaman"

  • 16 sentabr, 2022, 22:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” – “Qo‘qon” (2:1) uchrashuvidan so‘ng, “Qo‘qon-1912” jamoasi prezidenti Grigoriy Viktorovich Ayrapetov klub matbuot xizmati uchun Qarshidagi o‘yin borasidagi fikrlarini bayon qildi.

Tecno

- Bugun Qarshidagi “markaziy” stadionda haqiqiy jang bo‘ldi, deyishim mumkin. Jamoamiz futbolchilari so‘nggi daqiqalardagi omadsizlik tufayli mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsalar ham men ular bilan faxrlanaman. Murabbiylarimiz boshchiligida futbolchilarimiz bugungi o‘yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rib kelishgan edi.

O‘yinning birinchi taymi biroz mezbonlarning ustunligida o‘tdi. Lekin ikkinchi bo‘lim to‘lig‘icha bizniki bo‘ldi, deya olaman. Bugun Qarshidan tarixiy g‘alaba bilan qaytishimiz mumkin edi. Ayrim vaziyatlarda omad ochiqchasiga bizdan yuz o‘girdi. O‘yin davomida jamoamiz sardori Murod Xolmuhammedov hamda darvozabonimiz Muzaffar Abdullaevlar barchaga o‘rnak bo‘lishdi.

Umuman olganda, bugungi o‘yin uchun futbolchilarimizga o‘zimning katta minnatdorchiligimni bildiraman. Shuningdek, uzoq masofani bosib, stadionda jamoamizni qo‘llab turgan muxlislarga alohida rahmat aytaman. Jamoamiz har bir o‘yinda jangovar futbol namoyish qilmoqda. O‘ylaymanki, bu o‘yin bilan futbolchilarimiz bemalol har qanday raqib ustidan g‘alaba qozona oladilar. Keyingi turlarda muxlislarimizga uzoq kutilgan g‘alabalarni taqdim qilishimizga ishonaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!