
"Qo‘qon-1912" himoyachisi yangi mavsumni qaerda o‘tkazadi?
Hozirda aksariyat o‘yinchilarning shartnomalari sanoqli kunlardan keyin o‘z kuchini yo‘qotadi. Ana shunday futbolchilardan biri Bobur Akbarov bo‘lib, u ham 1 yanvardan erkin agentga aylanadi.
Bu futbolchi ikki yildan beri “Qo‘qon-1912” jamoasi sharafini himoya qilib kelyapti. Bu yil Superligada 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Markaziy himoyachining erkin agentga aylanayotgani uchun unga ayrim klublar qiziqish bildirishmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Akbarov hali “Qo‘qon-1912” bilan shartnomasini uzaytirgani yo‘q. Shu sababli o‘yinchining keyingi mavsumni qaerda o‘tkazishi hozircha so‘roq ostida turibdi. Futbolchi esa tez orada qaerda to‘p surishini aniqlab olmoqchi.
Fikrlar