“Qo‘qon-1912” ham boshladi. Ammo nega Murod Xolmuhammedov va Aleksandr Merzlyakov tarkibda yo‘q?

  • 25 iyun, 2022, 17:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga o‘yinlari ekvatoriga etib keldik. Jamoalar birinchi davraning so‘nggi, 13-tur o‘yinlariga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.

Tecno

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “shunqorlar” 13-turda Samarqandning “Dinamo” jamoasini qabul qiladi. Qadimiy va ko‘hna shaharlarning jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar har doim qiziqarli va shiddatli kurashlarga boy tarzda o‘tib keladi. Ayni damda qo‘qonliklar 1-davraning so‘nggi o‘yinida o‘z muxlislarini xursand qilish hamda muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritishni o‘z oldilariga maqsad qilgan holda mazkur o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Jamoa mashg‘ulotlari Qo‘qondagi 2-BO‘SMga qarashli stadionda bo‘lib o‘tyapti. Mashg‘ulotlarda jarohati bois etakchilar Murod Xolmuhammedov hamda Aleksandr Merzlyakov ko‘rinish berishgani yo‘q. Qolgan futbolchilar esa murabbiylar boshchiligida astoydil ter to‘kmoqda.

“Qo‘qon-1912” – “Dinamo” (Samarqand) bahsi 28 iyun chorshanba kuni, soat 20:00da Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!