
"Qo‘qon-1912" gruziyalik legioneri bilan shartnomani uzaytirdi
Qishda "Qo‘qon-1912" jamoasi safiga kelib qo‘shilgan gruziyalik himoyachi Andro Giorgdaze bilan shartnoma bir yilga uzaytirildi. O‘z o‘yinlari bilan muxlislar ko‘ngliga kira olgan himoyachi 2025 yil ham «Qo‘qon-1912» safida o‘tkazadigan bo‘ldi.
Andro joriy mavsum «Qo‘qon-1912» safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol yozib qo‘ydi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Fikrlar