
"Qo‘qon-1912" etakchisi bilan shartnomani 2 yilga uzaytirdi
Yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik olib borayotgan "Qo‘qon-1912" jamoasi, futbolchilar bilan rasmiy shartnomalar imzolashni ham davom ettirmoqda.
Xususan, jamoa etakchilaridan biri, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempioni, "Mard o‘g‘lon" ordeni sohibi, Oybek Rustamov bilan tuzilgan shartnoma 2024 yilga qadar uzaytirildi.
Allaqachon "shunqorlar"ning himoya va yarim himoyasida birdek harakat qila oladigan universal futbolchisiga aylangan Rustamov yana ikki yilni Qo‘qonda o‘tkazadigan bo‘ldi, - deya xabar bermoqda, “Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.
Avvalroq futbolchiga qator takliflar borligi va xorijdan ham qiziqish bo‘layotgani aytilgandi. Lekin muzokaralardan so‘ng "Qo‘qon-1912" etakchisini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar