“Qo‘qon-1912” 2-davraga tayyorgarlikni qachon boshlashi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston Superligasida 1-davra o‘yinlari o‘z yakuniga etgach, barcha jamoalar kabi “Qo‘qon-1912” jamoasi a’zolari ham ta’tilga chiqishgan. Ayni kunlarda barcha futbolchi hamda murabbiylar oila davrasida hordiq chiqarmoqda.
“Shunqorlar” mavsumning 2-qismiga tayyorgarlikni Qurbon Hayiti bayramidan so‘ng, ya’ni 10 iyul kunidan boshlaydi. Dastlabki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari Toshkent viloyatining Do‘rmon posyolkasida bo‘lib o‘tadi.
Bu erda futbolchilar 10 iyuldan 23 iyulga qadar shug‘ullanadi. Mazkur yig‘in davomida futbolchilarning Chimyon dam olish maskanida hordiq chiqarishi ham ko‘zda tutilgan.
“Qo‘qon-1912” jamoasi 2-davraning dastlabki uchrashuvini Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bu uchrashuv 2 avgust sanasiga belgilangan.
Manba: "Qo‘qon-1912" PFK matbuot xizmati.



Fikrlar