"Qizilqum" may oyida Navoiyga qaytadi

  • 23 aprel, 14:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Qizilqum" 4 may kuni o‘z uyi Navoiyga qaytadi. Bu haqda O‘zPFL matbuoti xabar berdi.

"Navoiy shahridagi Yoshlar sport majmuasi va nihoyat Liga talab qilgan ko‘rinishda ta’mirdan chiqarildi. Endilikda stadion Superliga bellashuvlarini qabul qilishi mumkin. 

"Qizilqum" Superliga 8-turida "Navbahor" jamoasiga qarshi kurash olib borishi lozim. Mazkur bellashuv 4 may kuni Yoshlar sport majmuasida o‘tkaziladi. Ishonamizki, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgan bellashuv navoiylik futbol muxlislari uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ladi va ular stadionni to‘ldira olishadi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, "Qizilqum" ayni damda 7 ochko jamg‘arib, 9-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!