
"Qizilqum" futbolchilari maktabga bordi
"Qizilqum" PFK hamda Navoiy viloyati futbol assotsiatsiyasi hamkorligida Navoiy shahridagi 4-sonli umumta’lim maktabida tadbir tashkil etildi.
Unda "Qizilqum" jamoasi futbolchilari va mutasaddilari yoshlarni futbolga jalb etish maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazmali chiqish va uchrashuvda qatnashdi.
Tadbirda bugungi kunda "Qizilqum" PFKda to‘p surayotgan tajribali futbolchilar Ignatiy Nesterov, Oybek qilichev, Vladislav Kasminin, Erkin Boydullaev, Sherali Jo‘raev ishtirok etdi.
Uchrashuvda futbolchilarga "Qizilqum" PFK bosh murabbiyi Xamidjon Aktamov va Navoiy viloyati futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Obid Jumaev boshchilik qildi.
Tadbir davomida futbolchilar o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berib, maktab o‘quvchilariga jamoa nomidan esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Fikrlar