Qirg‘iz Respublikasi va Eronga qarshi uchrashuvlarning hakamlari ma’lum

  • 24 fevral, 16:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Qirg‘iz Respublikasi va Eron terma jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

O‘zbekiston – Qirg‘iz Respublikasi uchrashuvini yaponiyalik Yusuke Araki boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Yun Mihara va Kota Vatanabe yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Ryo Tanimoto, VARda esa Yumpei Lida ishlaydi.

Shuningdek, Eron – O‘zbekiston uchrashuvi o‘monlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam – Ahmad Abu Bakar al-Kaf, unga qanotlarda Abu Bakar Al-Amri va Rashid Hamid Al-Gaiti yordam beradi. 4-rasmiy hakam Qosim Matar Al-Hatmi, VAR hakami esa singapurlik Muhammad Taqi bin Jahari.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!