
Qimmatbaho yulduz Mbappe uchun “Real”ga o‘tadigan bo‘ldi
“Real” yozgi transferlar vaqtida tarkibida, xususan himoya chizig‘ida o‘zgarish qilishni rejalashtirmoqda. Chunki madridliklar joriy mavsumda aynan orqa chiziqda o‘yinchi etishmasligi tufayli ko‘plab muammolarga duch keldi.
Sky Sport nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” xo‘jayinlari jamoaga “Arsenal”ning etakchi himoyachisi Vilyam Salibani olib kelmoqchi.
Xabarlarda madridlik mutasaddilari 23 yoshli futbolchi vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgani, bu transfer 120 million evro atrofidagi summaga hal bo‘lishi aytilmoqda.
Vilyam Salibaning o‘zi ham “Real”ga o‘tishga moyillik bildirdi. Frantsiyalik futbolchi Madrid klubida o‘z hamyurti Kilian Mbappe bilan birga o‘ynashni orzu qilyapti.
Fikrlar