Qimmat transfer amalga oshdi

  • 31 avgust, 2022, 15:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” rahbariyati bir yil muqaddam “Atalanta”dan ijaraga olingan himoyachi Kristian Romeroning transfer huquqini to‘liq sotib oldi.

Tecno

24 yoshli argentinalik futbolchining xatti-harakatlari “shporlar” bosh murabbiyi Antonio Kontega ma’qul keldi.

Markaziy himoyachi Argentinaning “Belgrano” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018 yili Evropaga ko‘chib kelganidan keyin “Jenoa”, “Yuventus” va “Atalanta” sharafini himoya qilgan.

Londonlik Romero uchun bergamoliklarga 42,5 million funt to‘ladi. Endi Kristian 2027 yilning yarmigacha “Tottenxem” sharafini himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!