
Qatarda gol urgan hujumchining narxi kesin oshib ketdi
Niderlandiya terma jamoasi safida Qatardagi jahon chempionatining guruh bahslaridagi uchala uchrashuvda to‘p kiritgan Kodi Gakponing transfer summasi keskin ko‘tarilib bormoqda.
Foot Mercato nashrining xabar berishicha, futbolchining klubi PSV o‘yinchi transferi bo‘yicha “Manchester Yunayted” bilan muzokara olib borayotgan edi.
Iste’dodli hujumchi mundialda to‘purarlik mahoratini namoyish qilganidan keyin niderlandiyaliklar manchesterliklardan Gakpo uchun oshirilgan narxda pul to‘lash kerakligini talab qila boshladi.
PSV asosiy hujumchisining narxini 64 million evrogacha ko‘tardi. Manchesterliklar bu o‘yinchini jamoani tark etgan Krishtianu Ronalduning o‘rnini to‘ldirish uchun yanvarda transfer qilmoqchi.
Fikrlar