
"Qatar Masters-2024". So‘nggi tur oldidan etakchilar ro‘yxatidan joy olgan shaxmatchilarimiz bilan tanishing
"Qatar Masters" musobaqasi davom etadi.
Turnirning mukofot jamg‘armasi 94200 AQSh dollarini tashkil etadi. Musobaqa formatiga ko‘ra, ishtirokchilar 9 tur davomida g‘oliblik uchun kurash olib borishadi. Vaqt nazorati esa klassik.
Musobaqada umumiy 53 nafar (15 nafari Open A, 38 nafari Open B guruhida) o‘zbekistonlik shaxmatchilarimiz ishtirok etishmoqda.
12 dekabr sanasida mazkur turnirning so‘nggi tur bahslari bo‘lib o‘tadi.
Yakuniy tur oldidan TOP-50 dagi shaxmatchilarimiz quyidagicha ochko jamg‘arishgan.
Abdusattarov Nodirbek 6 ochko (5-o‘rinda
Abdisalimov Abdimalik 5.5 ochko (8-o‘rinda)
Vohidov Shamsiddin 5.5 ochko (12-o‘rinda)
Yakubbaev Nodirbek 5.5 ochko (15-o‘rin)
Madaminov Muhiddin 5 ochko (20-o‘rin)
Nigmatov Ortiq 4.5 ochko (44-o‘rin)
Abdurahmonov Muhammadali 4.5 ochko (45-o‘rin)
Saydaliev Saidakbar 4.5 ochko (49-o‘rin)
Fikrlar