"Qatar-2022". "O‘lim" guruhi, asosiy favoritlar, yoqimli jamoa yoxud "Andijon" futbolchilari mundialda kimga va nima uchun muxlislik qilishini bilasizmi?

  • 7 aprel, 2022, 12:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Har to‘rt yilda o‘tkaziladigan futbol olamining eng yirik va qudratli musobaqasi bo‘lgan jahon chempionati bu yil qit’amizda o‘tkazilishidan yaxshi xabardorsiz. Qatar mamlakati 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadigan mundialga juda katta tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Yaqinda Doxada jahon chempionati uchun qur’a tashlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Butun dunyo nigohi bo‘lajak mundialga qaratilishi shubhasiz. Tabiiyki, O‘zbekistonda ham mundialni kutayotganlar bisyor. Ayniqsa, qur’a tashlanganidan so‘ng, bu borada fikrlar, o‘ziga xos munosabatlar yangray boshladi va bu tabiiy hol. Axir bu jahon chempionatining qur’asi va guruhlardan qaysi terma jamoalarning joy olganiga ham dunyo e’tibor qaratdi.

katar kura yangi

Xullas, nafaqat o‘zbek muxlislari, balki o‘zimizdagi futbolchilar uchun ham Qatardagi mundialga tashlangan qur’a juda qiziq edi. Chunki hammaning o‘ziga yarasha muxlis qiladigan terma jamoalari bor. Shuni inobatga olgan holda muxlislarga yanada qiziq bo‘lishi uchun klublarimizdagi futbolchilarning bo‘lajak mundial oldidan qur’a borasidagi fikrlarini bilishga intildik.

Avvalo, “Andijon” klubiga o‘zimizning uchta savolimiz bilan yuzlandik va jamoaning har bir futbolchisi o‘z javoblarini bildirdi. Demak, uchta savol quyidagicha:     

1. Jahon chempionatida siz uchun “o‘lim” guruhi qaysi?

2. Qatardagi mundialda qaysi terma jamoaga muxlislik qilasiz va nima uchun?

3. Jahon chempionatida asosiy favoritlar kimlar?

Darvozabonlar:

Xurshid Xo‘djaev

1. Men uchun “o‘lim” guruhi – Ispaniya, Germaniya, Yaponiya joy olgan “E” guruhi.

2. Germaniya terma jamoasiga muxlislik qilaman Chunki ularning o‘yini menga yoqadi.

3. Favoritlar – Germaniya bilan Angliya.

Eldor Adhamov

1. “E” guruhi qiyin. Shu bois bu “o‘lim” guruhi.

2. Portugaliyaga muxlisman. Chunki Krishtianu Ronaldu to‘p suradi.

3. Portugaliya, Frantsiya va Germaniya.

Himoyachilar:

Abdurahmon Komilov

1. “N” “o‘lim” guruhi.

2. Jahon chempionatida Ispaniya termasini qo‘llab-quvvatlayman. Chunki bu jamoaning o‘yin uslubini yoqtiraman.

3. Asosiy favoritlar – Ispaniya, Braziliya, Portugaliya va Germaniya.

Abduvohid G‘ulomov

1. “O‘lim” guruhi sifatida “N” guruhini aytgan bo‘lardim.

2. Angliya. Chunki premer-liga o‘yinlari juda qiziqarli va tomoshabop bo‘lgani uchun.

3. Favoritlarga kelsak, Angliya, Portugaliya va Braziliya.

Ahmad Anvarov

1. Men uchun “E” “o‘lim” guruhi.

2. Yosh va iqtidorli futbolchilariga ega bo‘lgani uchun Ispaniya.

3. Ispaniya, Frantsiya va Germaniya.

Ildar Mamatkazin

1. “O‘lim” guruhi – bu “F” guruhi.

2. Belgiya. Bu terma jamoa o‘tgan safargi jahon chempionatida ham yaxshi o‘yin ko‘rsatgan.

3. Belgiya, Braziliya va Frantsiya.

Vladimir Bubanya

1. “O‘lim” guruhi “F”.

2. Albatta, Serbiya. Axir bu mening yurtim.

3. Braziliya, Frantsiya va Belgiya.

Islom Mamatkazin

1. “E” - “o‘lim” guruhi.

2. Angliya. Axir premer-ligada zo‘r o‘yinlar bo‘ladi.

3. Angliya bilan Frantsiya.

Azamat Isroilov

1. “O‘lim” guruhi – “E”.

2. Frantsiya. Chunki yaxshi tarkibga ega.

3. Frantsiya bilan Braziliya.

Ilhom Alijonov

1. “O‘lim” guruhi – “F”.

2. Senegal. Boisi, bu terma jamoada Mane hamda Kulibali to‘p surishadi.

3. Braziliya hamda Frantsiya.

andijonuuuuu_1

Yarim himoyachilar:

Ibrohim Muxtorov

1. “E” – “o‘lim” guruhi.

2. Mundialda Argentinaga muxlislik qilaman. U erda Messi borligi uchun.

3. Favoritlarga kelsak, Argentina bilan Frantsiya.

Sherzod Esonov

1. Mening nazarimda “o‘lim” guruhi – bu “E” guruhi.

2. Muxlislik qiladigan jamoam Germaniya.

3. Jahon chempionatida uchta favorit bor. Bular – Belgiya, Germaniya va Frantsiya.

Ilhom Abdug‘aniev

1. Jahon chempionatida men uchun “o‘lim” guruhi - “S”.

2. Belgiya va Angliya terma jamoasiga muxlislik qilaman. Bu termalarning o‘yin uslubi yoqadi.

3. Angliya, Portugaliya va Braziliya.

Farhod Sohibjonov

1. “E” men uchun “o‘lim” guruhi.

2. Braziliyani yoqtiraman. Sababi, u erda texnikasi yuqori bo‘lgan futbolchilar bor.

3. Braziliya va Frantsiya.

Muhammadkarim Toirov

1. “O‘lim” guruhi – “E”.

2. Frantsiya. Chunki tarkibida yaxshi saviyadagi ijrochilar o‘ynaydi.

3. Frantsiya bilan Ispaniya.

Ahror Inoyatov

1. “E” guruhini “o‘lim” guruhi deb hisoblayman.

2. Ronaldu borligi uchun Portugaliya termasini yoqtiraman.

3. Frantsiya va Portugaliya.

Goron Miloyko

1. “G” “o‘lim” guruhi.

2. Serbiya. Yurtimga yaqin. Tili, madaniyati va boshqa jihatlar bo‘yicha ham Chernogoriyaga o‘xshaydi.

3. Braziliya bilan Frantsiya.

Bobur Davlatov

1. “S” guruhini “o‘lim” guruhi deb hisoblayman.

2. Men mundialda Braziliyaga muxlislik qilaman.

3. Argentiya, Germaniya hamda Braziliya.

katar_1

Hujumchilar:

Mirjalol Mirzaev

1. “O‘lim” guruhi – “E”.

2. Ispaniya. Chunki ajoyib yoshlardan iborat va doim pas o‘yin ko‘rsatishlari yoqadi.

3. Ispaniya bilan Frantsiya.

Saidumar Sodiqov

1. “O‘lim” guruhi “N” guruhi.

2. Portugaliya. Axir u erda Ronaldu bor.

3. Portugaliya, Germaniya hamda Ispaniya.

Malikshox Rasulov

1. “N” “o‘lim” guruhi.

2. Frantsiya. Chunki ko‘rsatadigan o‘yinini yoqtiraman.

3. Favoritlar – Frantsiya va Ispaniya.

Bogdan Milich

1. Men uchun “o‘lim” guruhi – bu “F” guruhi hisoblanadi.

2. Serbiya. Boisi, bu mening yurtimga yaqin.

3. Braziliya, Frantsiya va Ispaniya.

Izzat Abdulxakov

1. Men uchun “o‘lim” guruhi Portugaliya, Gana, Urugvay va Janubiy Koreya joy olgan “N” guruhi.

2. Men Portugaliyaga muxlisman. Sababi bu terma jamoa safida Krishtianu Ronaldu o‘ynaydi. Uning o‘yinlarini yoqtiraman.

3. Portugaliya, Frantsiya va Germaniya.

Shahboz Erkinov

1. “O‘lim” guruhini o‘zi yo‘q.

2. Niderlandiya. Chunki yoshligimdan shu terma jamoaga muxlislik qilaman.

3. Angliya, Belgiya, Frantsiya va Braziliya.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!