
Qarshida O‘zbekiston chempionlari aniqlanadi
Qarshi shahridagi Gimnastika sport turiga ixtisoslashtirilgan sport maktabida stol tennisi bo‘yicha U13 yosh toifasida O‘zbekiston chempionati bahslari boshlandi.
Mamlakat birinchiligi bahslarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 200 nafardan ziyod professional tennischi yigit-qizlar qatnashmoqda.
Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi, Soliq qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan chempionat orqali jahon va qit’a chempionatlarida, Olimpiya o‘yinlarida vatanimiz sharafini himoya qiladigan mahoratli sportchilarni saralash va aniqlash asosiy maqsad etib belgilangan.
Musobaqalar 19 martga qadar davom etadi.
Fikrlar