
"Qarshi Open"da sovrindorlar aniqlandi
Joriy yilning 06-11 avgust kunlari Qarshi shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, shaxmat bo‘yicha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi Ismat Shukurov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat bo‘yicha “QARShI OPEN-2019” xalqaro turniri kecha o‘z nihoyasiga etdi.
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasining xabar berishicha, chempionat g‘olib va sovrindorlari xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi sport ustasi va FIDE sport ustasi singari xalqaro unvonlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
“QARShI OPEN-2019” xalqaro turniri standart (klassik shaxmat) yo‘nalishida 9 turdan, “A” va “B” guruhlarida, shveytsarcha tizimda FIDE qoidalari bo‘yicha o‘tkazildi.
“A” guruhi g‘oliblari:
1 o‘rin – Abdisalimov Abdimalik (8.500.000 so‘m)
2 o‘rin – Nig‘matov Ortiq (7.600.000 so‘m)
3 o‘rin – Karimov Ibragim (6.700.000 so‘m)
“A” guruhi g‘oliblari(ayollar o‘rtasida):
1 o‘rin – Qurbonboeva Sarvinoz (1.000.000 so‘m)
2 o‘rin – Saparova Sitora (500.000 so‘m)
“A” guruhi g‘oliblari(18 yoshgacha):
1 o‘rin – Saydaliev Saidakbar (1.000.000 so‘m)
2 o‘rin – Vahidov Daler (500.000 so‘m)
3 o‘rin – Yuldoshev Mehriddin (200.000 so‘m)
“A” guruhi g‘oliblari(Fahriylar o‘rtasida):
1 o‘rin – Vul Arkadi Eremeevich (400.000 so‘m)
“B” guruhi g‘oliblari:
1 o‘rin – Ibodullaev Jo‘raev (1.400.000 so‘m)
2 o‘rin – Umirov Uchqun (1.200.000 so‘m)
3 o‘rin – Marimboev Jahongir (900.000 so‘m)
“B” guruhi g‘oliblari(ayollar o‘rtasida):
1 o‘rin – Nomozova Hilola (350.000 so‘m)
2 o‘rin – Bobomurodova Maftuna (150.000 so‘m)
“B” guruhi g‘oliblari(16 yoshgacha):
1 o‘rin – Bahrilloev Bahrom (350.000 so‘m)
2 o‘rin – Juraev Akobir (250.000 so‘m)
“B” guruhi g‘oliblari(10 yoshgacha):
1 o‘rin – Ravshanov Sherali (200.000 so‘m)
“B” guruhi g‘oliblari(8 yoshgacha):
1 o‘rin – Islamov Shahzod (100.000 so‘m)
“B” guruhi g‘oliblari(Fahriylar o‘rtasida):
1 o‘rin – Arabov Nurqul (250.000 so‘m)
2 o‘rin – Muratov Barno (150.000 so‘m)
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, turnir mukofot jamg‘armasi 55 million so‘mdan ortiq bo‘lan turnirda, Qozoqiston, Rossiya Federatsiyasi, Ispaniya va O‘zbekistondan jami 250 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashishdi.
Fikrlar